
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy yozgi transferlar oynasida jamoa salohiyatini yanada kuchaytirish niyatida. Ispaniyalik mutaxassis bir necha jiddiy transferlarni amalga oshirishni rejalashtirgani ma’lum qilinmoqda.
Shunday ehtimoliy xaridlardan biri – Fransiya Liga 1 da "Lion" tarkibida barqaror va ta’sirli o‘yin namoyish etayotgan Rayan Sherki hisoblanadi. 21 yoshli talantli yarim himoyachi hozirda Yevropa grandlari diqqat markazida turibdi.
Sherkining o‘yiniga faqat Gvardiola emas, balki Angliyaning yangi chempioni “Liverpul”ning bosh murabbiyi Arne Slot ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Britaniyaning nufuzli nashri The Athletic xabariga ko‘ra, Slot shaxsan o‘zi Fransiyaga borib, futbolchi bilan bevosita uchrashib, suhbatlashgan.
Shu bilan birga, futbol tahlilchilari Rayan Sherki “Liverpul” uchun hali asosiy transfer maqsadiga aylanmaganini ta’kidlashmoqda. Buning asosiy sababi – "qizillar"ning pleymeykerlik pozitsiyasi uchun boshqa o‘yinchi – Germaniyaning "Bayer" jamoasida to‘p surayotgan Florian Virsga birinchi raqamli e’tibor qaratayotgani bilan bog‘liq.
Biroq “Manchester Siti” uchun vaziyat boshqacha shakllandi. Gvardiola Kevin De Bryuyne uchun munosib voris sifatida aynan Florian Virsni ko‘zlagan edi, ammo bu transfer amalga oshmay qoldi. Shu sababli, Pep Sherkini zaxira varianti sifatida ko‘zdan kechira boshladi va unga nisbatan jiddiy qiziqish bilan qaramoqda.
Yevropa transfer bozorida yozgi harakatlar avjida. Rayan Sherki kabi yosh va iqtidorli futbolchilar uchun grand klublar o‘rtasida jiddiy kurash boshlanishi mumkin. “Siti” va “Liverpul” murabbiylarining shaxsiy qiziqishlari esa bu jarayonni yanada qizg‘inroq qilishga xizmat qiladi. Qaysi jamoa Sherkini o‘z safida ko‘radi – yaqin vaqtlarda ma’lum bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar