date
views 2 431

“Arsenal”da katta tozalash: jamoa 20 futbolchi bilan xayrlashdi!

“Arsenal”da katta tozalash: jamoa 20 futbolchi bilan xayrlashdi!
Angliya Premer-ligasida ketma-ket ikkinchi mavsumda ham chempionlik unvoniga ega chiqolmagan "Arsenal" tarkibini jiddiy ravishda yangilashga qaror qildi. Londonliklar asosiy tarkibdan tortib, yoshlar va ayollar jamoalaridan ham bir qator futbolchilar bilan xayrlashganini rasman ma’lum qildi.

Klub rahbariyati va bosh murabbiy Mikel Arteta yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida asosiy tarkibning 4 nafar mashhur futbolchisi bilan shartnomani yangilamaslikka qaror qildi. "Kanonirlar" himoya chizig‘i futbolchisi Kiran Tirni, yarim himoyachi Jorjino, braziliyalik darvozabon Neto hamda hujumkor o‘yinchi Rahim Sterling bilan xayrlashishdi.

Qayd etish joizki, mavsum boshida “Bornmut”dan ijara asosida kelgan Neto va “Chelsi”dan jalb qilingan Sterlingning o‘yini klub rahbariyati va murabbiy Mikel Artetaning umidlarini oqlamadi. Natijada ular o‘zlarining asosiy klublariga qaytarildi.

Shuningdek, asosiy tarkibdagi muhim o‘yinchilardan biri – Gana terma jamoasi vakili Tomas Partining kelajagi haligacha noaniqligicha qolmoqda. Tajribali yarim himoyachining shartnomasi yaqin kunlarda yakuniga yetadi va uning agenti hozirda klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Partining jamoada qolishi yoki ketishi hali oxirgi hal qilinmagan masalalardan biri bo‘lib turibdi.

Bu futbolchilardan tashqari, yoshlar va qizlar jamoasidan ham bir nechta futbolchilar bilan xayrlashildi. Umumiy hisobda "Arsenal" 20 nafar o‘yinchi bilan yo‘llarini ajratgani ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlar orqali kelasi mavsumda nafaqat chempionlik uchun jiddiy raqobatchiga aylanishni, balki yangi iqtidorli futbolchilarni tarkibga jalb qilib, uzoq muddatli rivojlanish rejasini amalga oshirishni maqsad qilgan.

Mikel Arteta esa yangi mavsum oldidan katta transferlar qilishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi. "Biz har jihatdan kuchli va chempionlikka loyiq jamoa tuzamiz", dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" so‘nggi ikki mavsum davomida Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasida yetakchi bo‘lishiga qaramay, mavsumning so‘nggi bosqichlarida qimmatli ochkolarni yo‘qotib, sovrinni "Manchester Siti"ga boy bergan edi.

Endi yangi tarkib va yangi strategiya bilan "Arsenal" o‘z muxlislariga uzoq kutilgan chempionlik sovg‘asini taqdim eta oladimi, buni faqat kelasi mavsum ko‘rsatadi. Bugungi o‘zgarishlar esa jamoada katta islohotlar boshlanganidan darak bermoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal”da katta tozalash: jamoa 20 futbolchi bilan xayrlashdi!