
“O‘zbekiston 24” telekanali orqali BAAdan jonli efirda futbolchilarimiz bilan olingan intervyu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi, deb Zamin.uz xabar berdi.
Muxbir Dilrabo Alimova stadiondan Otabek, Abbos, Eldor va Jaloliddin bilan jonli suhbat o‘tkazdi.
Biroq shu paytda orqa fonda Abduqodir Husanovning intervyu davomida tinimsiz suv quyib yurgani kadrlarga tushib qoldi. Bu jonli efirda sodir bo‘lgani sababli ko‘pchilikda kulgi va hayrat uyg‘otdi.
Operator Nuriddin Qarshiyev esa hatto stadiondan quvishgan taqdirda ham jonli efirni uzmagan.
Foydalanuvchilar buni “o‘zbekona improvizatsiya va pro darajadagi efir” deb baholashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar