
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov jamoa mashg‘ulotlari paytida jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lib, keyingi uchrashuv va umumiy tayyorgarlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Milliy jamoamiz Qatarga qarshi muhim bahs arafasida so‘nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda. Ushbu uchrashuv Osiyo mintaqasidagi saralash bosqichining yakunlovchi o‘yini bo‘lishi bilan birga, o‘z maydonimizda muxlislar oldida o‘ynalishi bilan ham muhim ahamiyatga ega.
“Tayyorgarlik juda yaxshi ruhda davom etyapti. Yo‘lning bu bosqichini chiroyli tarzda yakunlashni, muxlislarimizga hursandchilik ulashib, g‘alaba bilan tugatishni maqsad qilganmiz. Kecha tiklanish mashg‘ulotlari o‘tkazdik, bugun va ertaga esa to‘liq maydonda shug‘ullanamiz. O‘z stadionimizda, o‘z yurtdoshlarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz,” — dedi Hamrobekov mashg‘ulotlardan so‘ng.
Unga ko‘ra, jamoa tarkibida kayfiyat yuqori va futbolchilarning motivatsiyasi mustahkam. “Hissiyotlar boshqacha. Shaxsan o‘zim ham nimalarga erishganimizni to‘liq anglab yeta olmayapman. Qatarga qarshi o‘yindan keyin, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida barcha mehnatlarimizni nishonlash va chin ma’noda his qilish imkoni bo‘ladi,” — deya qo‘shimcha qildi milliy jamoamizning tajribali futbolchisi.
Ta’kidlash joizki, bu uchrashuv jamoamiz uchun nafaqat saralash nuqtayi nazaridan, balki muxlislar oldidagi mas’uliyat jihatidan ham muhim hisoblanadi. O‘yindagi natija O‘zbekiston terma jamoasining keyingi bosqichdagi harakatlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Futbol muxlislari esa o‘z sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionni to‘ldirishga va ulkan ruhdagi g‘alabaga guvoh bo‘lishga tayyor. Hamrobekov va jamoadoshlari esa ana shu ishonchni oqlashga intilayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar