Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimiga yagona nomzod bo‘lib turibdi


Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (BBGF)ning amaldagi prezidenti, ushbu sport turi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova tashkilot prezidentligiga yagona nomzod bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i hisoblangan Irina Viner-Usmonovaning nomzodini federatsiyaning barcha hududlardagi vakillari qo‘llab-quvvatladi.
BBGFning Novogorsk shahrida start oladigan konferensiyaning kun tartibida tashkilot prezidentining 2013–2016 yillar uchun hisoboti, BBGFning prezidenti, ijrochi direktori, vitse-prezidenti va federatsiya Ijroqo‘mi saylovi o‘rin olgan.
Irina Viner-Usmonova 1992 yildan Olimpiya tayyorlash markazi bosh murabbiyi, 2001 yildan badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Viner-Usmonova 2008 yili BBGF prezidenti etib saylangandi.
Qayd etish joiz, 27 noyabr, yakshanba kuni Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbarligiga qayta saylangani haqida xabar berilgandi.































Izohlar 0
…