
Yevropa futbolining so‘nggi yillardagi yetakchi yarim himoyachilaridan biri – Kevin de Bryuyne yangi klubga ko‘chib o‘tdi. Belgiya terma jamoasi yetakchisi endilikda Italiya A Seriyasining nomdor jamoasi — “Napoli” sharafini himoya qiladi. Bu haqda Neapol klubi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Kevinning shartnomasi “2+1” sxemasi asosida tuzilgan — ya’ni, futbolchi ikki yillik kelishuvga qo‘l qo‘ygan, zarurat tug‘ilsa, kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
"Manchester Siti"dagi davr yakunlandi
De Bryuyne 2015 yildan buyon “Manchester Siti” klubida to‘p surib kelayotgandi. Unga Angliya Premer-ligasidagi eng samarali pleymeykerlardan biri sifatida qaralar edi. Uning "shaharliklar" safidagi faoliyati davomida jamoa bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritdi va Yevropa arenalarida ham jiddiy raqibga aylandi.
O‘tgan mavsumda Kevin 40 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. U 6 ta gol muallifi bo‘ldi va 8 marotaba hamdajamoadoshlariga assistentlik qildi.
Neapolda yangi chaqiriq
"Napoli" uchun bu transfer nafaqat jamoa salohiyatini oshirish, balki muxlislar e’tiborini tortuvchi muhim qadam hamdir. Italyan klubi so‘nggi mavsumlarda Yevropa maydonlarida kuchli raqobatchi sifatida o‘zini ko‘rsatmoqda va de Bryuyne kabi tajribali futbolchining kelishi bilan jamoa yanada yuqori maqsadlar sari intilishi kutilmoqda.
Futbol ishqibozlari uchun esa bu transfer juda qiziqarli: Kevin de Bryuyne kabi texnikaviy mahoratga ega o‘yinchining A Seriyada qanday harakat qilishi katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar