date
views 209

«MYU» Mateus Kunyani rasman o‘z safiga qo‘shdi

«MYU» Mateus Kunyani rasman o‘z safiga qo‘shdi
«Manchester Yunayted» braziliyalik hujumchi Mateus Kunya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi, deb euro-football.ru xabar berdi.

Kunya angliyalik klub bilan besh yillik shartnoma tuzdi, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoni ham bor.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summaci taxminan 74 million yevroni tashkil qilgan. To‘lov bir necha bosqichda amalga oshirilib, to‘rt-besh yil davomida qoplanadi.

Mateus Kunya avval «Vulverxempton» jamoasi bilan 2029 yilgacha shartnomaga ega edi. 2024/25 yilgi mavsumda 26 yoshli futbolchi jami 36 uchrashuvda ishtirok etdi, 17 gol va 6 golli pas bilan faoliyat olib bordi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «MYU» Mateus Kunyani rasman o‘z safiga qo‘shdi