
Yaqin kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tadigan “Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025” musobaqasi yurtimiz futbol ishqibozlari uchun ham ochiq bo‘ladi. Turnir mamlakatimiz telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, MTRK tarkibidagi “Sport TV” va “Futbol TV” telekanallari “Zo‘r TV” bilan hamkorlikda ushbu nufuzli musobaqani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu esa yurtimizdagi futbol muxlislariga dunyodagi eng kuchli klublar ishtirokidagi bahslarni uyda o‘tirgan holda tomosha qilish imkonini beradi.
Ma’lumot o‘rnida, “Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025” 14 iyun kuni o‘z start finishini berib, 13 iyul sanasiga qadar davom etadi. Turnirda turli qit’alardan saralab olingan kuchli jamoalar qatnashadi. Jahon futboli yulduzlari ishtirokida o‘tadigan ushbu bellashuvda yuqori darajadagi hayajon va kurash kutilmoqda.
Futbol muxlislari uchun bu imkoniyat – nafaqvt yuqori sifatli sport tamoshasi, balki futboldan bahra olish, tahlil qilish va o‘z sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qimmatli lahzadir. Translyatsiya huquqining O‘zbekiston tomonidan qo‘lga kiritilishi — mamlakatimiz media sohasidagi katta yutuqlardan biri hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar