
Madridning mashhur «Real» klubi yulduz hujumchisi Vinisius Junior yangi mavsum oldidan muxlislarga katta va’da berdi. Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jamoa kelasi mavsumda barcha yirik musobaqalarda g‘alaba qozonish niyatida ekanini ochiq bildirdi.
«Keyingi mavsumda trebl qilamizmi? Albatta, ser», — deb yozdi Vinisius ishonch bilan.
Ma’lumki, trebl – bu jamoa bir mavsumda milliy chempionat, milliy kubok va xalqaro musobaqa (YECHL)ni yutsa, qo‘lga kiritiladigan yuksak yutuqdir. «Real» bu natijaga so‘nggi yillarda yetisha olmagan, ammo Vinisiusning so‘zlari jamoa yangi mavsumda yuqori maqsadlarga intilyayotganidan darak beradi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘tgan mavsumni Ispaniya La Ligasida 2-o‘rinda yakunladi. Qirol kubogi finalida esa kurash keskin kechdi, ammo «Barselona»ga qarshi bahsda madridliklar 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Muxlislar esa endi Vinisius va jamoadoshlaridan buyuk qaytishni kutishmoqda. «Qirollik klubi» tarixida yangi zarhal sahifa ochilishi ehtimoli katta. Zamin.uz tahririyati bu jarayonni diqqat bilan kuzatmoqda va sizga eng so‘nggi sport yangiliklarini yetkazishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar