
O‘zbekiston terma jamoasi va "Al Vahda" klubi vingeri Hojimat Erkinov Championat.asia saytiga intervyu berdi.
- Terma jamoa bilan JCH yo‘llanmasini hal qildingiz. Mana endi biroz tanaffus yuzaga kelgan. Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazyapsiz?
- Hozirgi tanaffusni faol o‘tkazmoqdamiz. Vaqtim ko‘chadagi yumushlar, trenajyor zali va tennis o‘ynash bilan o‘tmoqda.
- Milliy jamoa a’zolariga BYD Champion mashinasi sovg‘a qilindi. Uni kimdir ota-onasiga, kimdir ukasiga, kimdir jiyaniga sovg‘a qildi. Siz mashinani nima qildingiz?
- Men akamga sovg‘a qildim, chunki futbolga kirib kelishimda akamning juda katta hissalari bor.
- Bilamizki, siz so‘nggi vaqtlarda "Al Vahda" tarkibida asosan zaxiradan maydonga tushayotgandingiz. Hojimat Erkinovni kelasi mavsum ham bu jamoa safida ko‘ramizmi?
- Hozircha aniq bilmayman. BAAning 2-3 ta jamoasi bilan muzokaralar ketmoqda, jumladan, "Al Vahda" bilan ham. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.
- Hojimat Erkinovni 5 yildan keyin qaysi jamoada ko‘ramiz?
- Sog‘-salomat bo‘lsak, o‘sha payt balki Yevropada, balki Osiyoda. Nasib, o‘shanda bilamiz.
- Qiziqarli savol: Krishtianu Ronaldu bilan 1 soat suhbatlashish yoki Lionel Messi bilan 1 ta o‘yinda bir jamoada harakat qilish. Qaysi variantni tanlagan bo‘lardingiz?
- Krishtianu Ronaldu bilan 1 soat suhbatlashish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar