
Italiya A Seriyasidagi eng nufuzli ma’lumotlar manbasi bo‘lgan Transfermarkt portali navbatdagi transfer narxlarini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer qiymati 1 million yevroga o‘sib, 5 million yevroni tashkil qilmoqda.
Portal mutaxassislarining ta’kidlashicha, ushbu o‘sishga asosiy sabablardan biri — Eldorning so‘nggi mavsumda murabbiylar ishonchini oqlashi va jamoadagi o‘rnini yanada mustahkamlashi bo‘lgan. Shuningdek, A Seriyada 29–32 yoshli futbolchilar orasida undan qimmatroq baholangan yagona futbolchi — Romelu Lukaku ekanligi ham alohida qayd etilgan.
Ayni vaqtda Shomurodov “Roma” jamoasida transfer bahosi bo‘yicha 19-o‘rinni egallab turibdi. U o‘zbekistonlik futbolchilar ichida esa 3-pog‘onada qayd etilgan. Birinchi o‘rinda — 35 million yevro bilan Abduqodir Husanov, ikkinchida esa 8 million yevro bahosi bilan Abbosbek Fayzullayev joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsum davomida “Roma”ning turli musobaqalardagi 37 uchrashuvida qatnashdi. Ushbu o‘yinlarda 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatma bilan ham jamoaga foyda keltirdi. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Shomurodovning transfer bahosidagi bu o‘sish nafaqat uning shaxsiy mehnati, balki o‘zbekistonlik futbolchilarning Yevropadagi obro‘si oshib borayotganidan darak bermoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar