
Superliganing 13-turidagi qizg‘in va dramatik bahslardan biri — “Neftchi” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasida o‘tdi. Farg‘onalik futbol ishqibozlari uchun bu o‘yin yana bir yorqin xotira bo‘lib qoldi. Bellashuvdan so‘ng “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.
— Ushbu o‘yin biz uchun ancha qiyin kechdi. “Buxoro” jamoasi so‘nggi bahslarda to‘plagan tajribasi bilan, himoyada juda yaxshi tashkil topgan tarzda harakat qildi. Ular ayni paytda turnir jadvalida o‘z o‘rniga mos kelmaydigan joyda turgan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan. Qarshi hujumlarda omad qidirishdi va g‘alaba uchun harakat qilishdi. Biz uchun ularning himoya devorini buzib o‘tish oson bo‘lmadi. Biroq o‘yinning so‘nggi qismlarida gol urishga muvaffaq bo‘lib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritganimizdan mamnunman, — dedi Levchenko.
— Ba’zi muxlislar g‘alaba nishonlanmaganidan ranjishmoqda. Futbolchilar muxlislar bilan quvonchni baham ko‘rishmayapti. Buning sababi nima?
— Bu savolga aniq javob berish mening vazifam emas. Har bir ishqibozning shaxsiy qarashi va yondashuvi bor. Menimcha, haqiqiy muxlis jamoa g‘alaba qozonsa ham, mag‘lub bo‘lsa ham o‘z futbolchilari va murabbiylarini qo‘llab-quvvatlashi, ehtirom ko‘rsatishi kerak. Bu mening shaxsiy pozitsiyam. Jamoa har doim ishqibozlar yordamiga muhtoj. Shuning uchun muxlislardan sabr qilishlarini va bizga ishonch bildirishlarini so‘rab qolaman. Biz oldinda yanada chiroyli g‘alabalar kelishiga umid qilamiz. Muxlislik — bu yaxshi va yomon kunlarda ham jamoa bilan birga bo‘lish demakdir.
— Oxirgi o‘yinlarda gollar soni kamaygani haqida fikrlar bor. Buga asosiy sabab nimada deb o‘ylaysiz?
— Yo‘qori harorat, albatta, futbolchilarga ta’sir qiladi. Ammo bu faqatgina iqlim bilan bog‘liq emas. Masalan, o‘tgan o‘yinda ikki marta darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyat yuzaga kelgandi. Agar ushbu imkoniyatlardan foydalanganimizda, natija ancha boshqacha bo‘lardi. Bugun esa raqib jamoa butun e’tiborini himoyaga qaratib, imkoniyat bermaslikka harakat qildi. Zamonaviy futbolda raqiblar bir-birini puxta o‘rganadi, tahlil qiladi. Shu bois vaziyatlar ko‘p yaratilmasligi — bu ham tabiiy jarayon. Murabbiylar shtabi ham har bir raqibga nisbatan individual taktikalar ishlab chiqmoqda va hujumda hamda himoyada balansni saqlashga intilmoqda. Muhimi — g‘alabani qo‘lga kiritdik va turnirda oldinga ildamlamoqdamiz.
“Neftchi” jamoasi murabbiyi o‘z so‘zlarida muxlislardan vafo va ishonch so‘rab, har bir o‘yinda qo‘llab-quvvatlashlari muhim ekanini ta’kidladi. Jamoa oldindagi bahslarda yanada faol va samarali harakat qilishi uchun barcha omillar uyg‘unlashishi kerak. Levchenko va shogirdlari oldindagi o‘yinlarda muxlislarga ko‘proq g‘alaba tuhfa etish niyatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar