
Yevropa futbolida e’tibor markazida yuradigan yulduzlar orasida Ilkay Gyundogan ham bor. 34 yoshli Germaniya terma jamoasi va "Manchester Siti"ning sobiq sardori faoliyatida yangi bosqichga tayyorlanmoqda — u Turkiyaning yetakchi klubi "Galatasaroy" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
"Fanatik" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Gyundogan va "Galatasaroy" o‘rtasida ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Hozirda turk klubi va "Manchester Siti" o‘rtasida rasmiy muzokaralar olib borilmoqda.
Tajribali yarim himoyachi 2016 yildan 2023 yilgacha "Siti" tarkibida asosiy figuralardan biri bo‘lib keldi. Keyin u "Barselona"ga o‘tib, bir mavsumni Ispaniyada o‘tkazdi. Ammo 2023/2024 mavsumida yana manchesterliklar safiga qaytdi va 50 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda 3 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylandi.
Gyundoganning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Biroq, futbolchi yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini bildirgan. Uning transfer bahosi hozirda 5 million yevro atrofida baholanmoqda.
Ma’lumki, "Galatasaroy" har mavsumda katta maqsadlar bilan maydonga tushadi. Iste’dodli yoshlar va tajribali yulduzlarni uyg‘unlashtirgan bu klub so‘nggi yillarda turk futbolida ustunlikni saqlab turibdi.
Gyundoganning turk superligasiga kelishi nafaqat uning futbol hayotida yangi sahifa bo‘ladi, balki butun turkiyalik muxlislar uchun ham tarixiy voqeaga aylanishi mumkin. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, "Galatasaroy" tarixidagi eng taniqli transferlardan biri amalga oshgan bo‘ladi.
Shu tariqa, Ilkay Gyundogan faoliyatida yangi sinavlarga tayyorlanayotgan ko‘rinadi. Turk klubi esa katta tajriba va professionalizmga ega o‘yinchi orqali o‘z ambitsiyalarini yanada kuchaytirishni istayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar