date

O‘FA rahbariyati Mayamidagi FIFA Ijroiya futbol sammitida qatnashdi

O‘FA rahbariyati Mayamidagi FIFA Ijroiya futbol sammitida qatnashdi
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston terma jamoasini ilk bor mundialga chiqqani bilan tabrikladi.

"FIFA tomonidan har yili tashkil etiladigan FIFA Ijroiya futbol sammiti (FIFA Executive Football Summit) bugungi kunda dunyo futbolining eng muhim muloqot platformalaridan biri hisoblanadi. Ushbu yuqori darajadagi uchrashuvlar milliy futbol assotsiatsiyalari rahbarlari, FIFA prezidenti va konfederatsiyalar vakillarini birlashtirib, futbolni global miqyosda rivojlantirish, tajriba almashish va strategik yo‘nalishlarni muhokama qilish imkonini beradi.

Joriy yilgi sammit AQSHning Mayami shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda FIFAga a’zo qator milliy futbol assotsiatsiyalari vakillari bilan bir qatorda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ham ishtirok etdi.

Sammit doirasida futbolning turli yo‘nalishlarini — xususan, bolalar va o‘smirlar futboli, ayollar futboli, shuningdek, FIFA musobaqalarini tashkil etish, jumladan bo‘lajak Jahon chempionatlari, ayollar turnirlari va yoshlar musobaqalari yuzasidan dolzarb mavzular muhokama qilindi.

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasini tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, u O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining FIFA Forward loyihasini muvaffaqiyatli tatbiq etgan assotsiatsiyalardan biri ekanini alohida e’tirof etdi.

Ushbu sammit futbol federatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba va g‘oyalarni almashish, hamda global futbol tizimidagi dolzarb masalalarni birgalikda hal qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi", – deyiladi O‘FA xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA rahbariyati Mayamidagi FIFA Ijroiya futbol sammitida qatnashdi