
Braziliya futbolining jonli afsonasi, ikki karra jahon chempioni Ronaldo yaqinda milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlangan Karlo Anchelotti haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, italiyalik mutaxassis “pentakampeonlar” uchun ideal tanlov hisoblanadi.
“Menimcha, Anchelottining termaga kelishi juda zo‘r qaror bo‘ldi. Men uni juda yaxshi taniyman – u har doim jamoa qurishga jiddiy yondashadi. Futbolchilar bilan munosabatlarda haqiqiy yetakchi bo‘la oladi. Uning tajribasi jamoaga ishonch baxsh etib, maydonda g‘alaba qozonishga xizmat qiladi”, – dedi Ronaldo.
Braziliyalik afsona shuningdek, Anchelottini bir vaqtlar milliy jamoani boshqargan mashhur murabbiy Luiz Felipe Skolari bilan taqqosladi:
“U ko‘p jihatdan Filipaoni eslatadi. Skolari ham futbolchilar uchun otadek inson edi. Mashg‘ulotlar ba’zan zerikarli kechardi, ammo barcha uning uchun barini berishga tayyor bo‘lardi”.
Ma’lumot uchun, Anchelotti 2025 yilning may oyida rasman Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagandi. Uning vazifasi – terma jamoani yangi muvaffaqiyatlar sari yetaklash. Aytish joizki, Ronaldo va Anchelottining yo‘llari avvalroq “Milan” klubida to‘qnash kelgan – u paytda Ronaldo hujumchi sifatida to‘p surgan, Anchelotti esa jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan.
Bugun esa ularning futboldagi umumiy tarixi Braziliya termasi atrofida yana bir sahifa ochmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar