
“Manchester Siti”ning misrlik hujumchisi Umar Marmush jamoadagi o‘ziga xos muhit, o‘yinchilar o‘rtasidagi do‘stona munosabat va birdamlik haqida to‘xtalib o‘tdi. Yaqinda “City Xtra” nashriga bergan intervyusida u jamoaning har bir a’zosi uchun umumiy maqsad va katta oila muhiti qanday muhim ekanini ta’kidladi.
Marmushning aytishicha, “Siti” safida o‘yinchilar nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham doimo birga bo‘lishadi. “Biz kun davomida barcha ovqatlanishlarni, hatto bo‘sh vaqtni ham birga o‘tkazamiz. Bu esa nafaqat o‘zaro munosabatlarni, balki jamoaviy ximiyani ham mustahkamlaydi. Har birimiz o‘zimizni katta oilaning ajralmas qismi deb his qilamiz”, — deydi 26 yoshli futbolchi.
Jamoaviy muhit va samimiylik katta g‘alabalar poydevori
Umar Marmush jamoadagi birdamlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash ruhi natijasida har bir o‘yinchi o‘zini ishonchli va ruhlantirilgandek his qilishini ta’kidladi. “Siti” safidagi har bir o‘yinchi o‘z o‘rni va mas’uliyatini his qiladi, bu esa maydondagi natijalarda ham o‘z ifodasini topadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida klub safiga qo‘shilgan Marmush bu qisqa vaqt ichida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Murabbiylar va jamoadoshlari uning o‘yinini va jamoaga moslashuvini yuqori baholashmoqda.
Muxlislar intiqlik bilan kutmoqda
1 iyul kuni “Manchester Siti” o‘z tarixidagi yana bir muhim bellashuvda — Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan ertalab soat 06:00 da start oladi. Muxlislar “shaharliklar”dan g‘alaba va yarim final yo‘llanmasini kutib turishibdi.
Bu tarixiy o‘yin oldidan Marmushning jamoa ichidagi birdamlik va ruhiy muhit haqidagi fikrlari “Siti”ning yanada kuchli va birlashgan jamoa sifatida harakat qilayotganini tasdiqlaydi. Har bir futbolchi uchun katta oila muhiti eng asosiy motivatsiya manbai ekanligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar