
Lionel Messi hozirda "Inter Mayami" jamoasi bilan 2025 yil oxirigacha amal qiluvchi shartnomaga ega, deb Euro-football.ru xabar berdi.
Marca nashrining ma’lumotiga ko‘ra, sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi kelajagi borasida qaror qabul qilgan. Messi "Inter Mayami"da qolishni istaydi.
Jamoa ham shu fikrda bo‘lib, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Hozircha hech qanday rasmiy kelishuvga erishilmagan va hech narsa imzolanmagan.
Muzokaralar davom etmoqda. Yangi shartnoma kamida MLSning yana bir mavsumini qamrab olishi mumkin, ya’ni 2026 yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
38 yoshli Messi jamoani MLS chempionligiga olib chiqmoqchi. O‘tgan mavsumda jamoa oddiy mavsumda g‘olib bo‘ldi, ammo pley-off bosqichida raqiblarga imkoniyat berdi.
Messi o‘zining tajribasi va mahorati bilan jamoani yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqishga intilmoqda. Klub va futbolchi o‘rtasidagi kelishuvlar tez orada yakuniga yetishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar