
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska o‘z jamoasining “Palmeyras” ustidan qo‘lga kiritgan muhim g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Ushbu 1/4 final uchrashuvida londonliklar raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Mareskaning aytishicha, bu o‘yin kutilganidek juda qiyin kechdi, chunki “Chelsi”da mavsum yakunlanayotgan bo‘lsa, “Palmeyras” endigina mavsumga kirishmoqda. Ayni mana shu tafovut maydondagi harakatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. “Futbolchilarim katta kuch va energiya sarfladi. Ular har bir daqiqada g‘alaba uchun kurashdi. Ular bilan faxrlanaman”, — dedi Enso Mareska.
Ushbu bahsda “Chelsi” safida yosh hujumchi Estevao ham o‘zini ko‘rsata oldi. Braziliyalik iqtidor egasi turnirdan avval “Chelsi” tomonidan 34 million yevro va 27 million yevro bonus evaziga sotib olingan, ammo rasmiy shartnoma 1 iyuldan kuchga kirgan. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, u hozircha “Palmeyras” safida o‘ynashda davom etadi.
Mareska: “G‘alabadan va Estevaoning golidan xursandmiz. Bugun "Chelsi" uchun ideal kecha bo‘ldi”, — deb fikrini yakunladi.
Muxlislar va futbol jamoatchiligi “Chelsi”ning yangi iste’dodlar va murabbiy qo‘li ostidagi natijalarini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Jamoa final uchun kurashda yana yangi sahifa yozishga tayyorlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar