date

"Liverpul" Jotaga sodiq qoldi: klub shartnoma bo‘yicha to‘liq summani to‘lab beradi

"Liverpul" Jotaga sodiq qoldi: klub shartnoma bo‘yicha to‘liq summani to‘lab beradi
Angliya futbolida insoniylik va vafodorlik namunasi: "Liverpul" klubi Diogu Jotaning fojiali vafotiga qaramay, u bilan tuzilgan shartnomadagi barcha moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘liq ado etishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy va xalqaro manbalar xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Diogu Jota bu hafta Ispaniyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida akasining hamrohligida hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu fojia futbol olamida keng taraldi va ko‘plab muxlislarni qayg‘uga soldi.

Klub ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul" Jotaga 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bo‘yicha barcha to‘lovlarni amalga oshiradi. Futbolchining maoshi 2024–2025 yillar mavsumida haftasiga 140 ming funtni tashkil qilgan. Bu esa Jotaning oilasiga katta moddiy ko‘mak bo‘lishi kutilmoqda.

Diogu Jota 2020 yil sentyabr oyida "Liverpul" safiga qo‘shilgan va klub tarkibida 182 ta o‘yinda qatnashib, 65 ta gol urgan, 26 ta golli pas uzatishga muvaffaq bo‘lgan. Uning jamoadagi samarali faoliyati va insonparvarlik sifatlari muxlislar yodidan chiqmasligi aniq.

Mutaxassislar va futbol jamoatchiligi "Liverpul"ning bu qarorini insoniylik va vafodorlik namunasi sifatida qabul qilmoqda. Muxlislar esa, klub rahbariyati va jamoasiga minnatdorlik izhor etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" Jotaga sodiq qoldi: klub shartnoma bo‘yicha to‘liq summani to‘lab beradi