date

Bo‘ron "Real"ni osmonda ushlab turibdi

Bo‘ron "Real"ni osmonda ushlab turibdi
Nyu-York — Ispaniyaning mashhur futbol klubi "Real Madrid" futbolchilari bo‘lgan samolyot bo‘ron sababli Nyu-York aeroportiga qo‘nishga ruxsat ololmayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi uch soatdan ortiq Nyu-York osmonida aylanib uchmoqda. Qo‘nish imkonining bo‘lmayotgani — AQSHning sharqiy sohilidagi kuchli havo sharoiti va xavfli bo‘ron bilan bog‘liq.

Hozircha "Real" jamoasi va uchuvchilar tomonidan rasmiy izoh berilmagan. Ammo havo sharoiti yaxshilanishi bilan qo‘nish amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bu holat nafaqat jamoa tayyorgarligi, balki xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bo‘ron "Real"ni osmonda ushlab turibdi