
Fransiya futbolida kutilgan xursandchilik xabar! “Lion” klubi Liga 2ga tushib ketish xavfidan omon qoldi. Bu haqda Fransiya Milliy nazorat va boshqaruv direksiyasi (DNCG) payshanba kuni qabul qilgan rasmiy qarorda ma’lum qilindi, deb xabar berdi RMC Sport.
Ma’lumotlarga ko‘ra, DNCG klubni moliyaviy yetishmovchilik tufayli Liga 2ga tushirish bo‘yicha avvalgi qaroriga qayta ko‘z yugurtirib, uni bekor qildi. Bu bilan “Lion” 2025/26 mavsumda ham Liga 1da qatnashish huquqini saqlab qoldi.
Biroq bu barcha muammolar hal bo‘ldi degani emas. Manbaga ko‘ra, “Lion” klubi maoshlar fondi va transferlar bo‘yicha moliyaviy cheklovlarga duch keladi. Ya’ni, klub faoliyati DNCG kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Ko‘pchilik mutaxassislar va jurnalistlar bu qarorga PSJ klubining Bredli Barkola transferi uchun “Lion”ga muddatidan oldin mablag‘ o‘tkazgani sabab bo‘lgan, degan fikrda. Bu mablag‘lar jamoa moliyaviy hisobotini yaxshilashda katta rol o‘ynagan.
“Lion” kabi tarixiy klubning Liga 1da qolishi fransuz futboli muxlislari uchun ijobiy xabar. Endi esa jamoa oldidagi vazifa — moliyaviy barqarorlik va sport natijalarini yaxshilashdir.
Siz nima deb o‘ylaysiz: “Lion” kelasi mavsumda yuqori pog‘onalar uchun kurasha oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar