
PSJ va "Real Madrid" o‘rtasidagi Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati yarim final uchrashuvining birinchi bo‘limi yakunlandi.
Birinchi taymda parijliklar raqibini to‘liq ustunlik bilan mag‘lub etishdi. Fabian Ruis 6- va 24-daqiqalarda gol urdi, Usmon Dembele esa 9-daqiqada to‘p kiritdi.
Statistika:
. PSJ darvoza tomon 12 marta zarba berdi, shundan 7 tasi aniq bo‘ldi. Real esa 4 marta urdi va faqat 1 tasi nishonga tegdi.
. To‘pga egalik qilishda PSJ ustunlik qildi — 77% ga 23%.
. PSJ 394 marta pas uzatib, 95% aniqlikka erishdi. Real esa 114 pas bilan 78% aniqlikka ega bo‘ldi.
. PSJ 2 ta, Real esa 4 ta fol ishlatgan.
. PSJda sariq kartochka yo‘q, Realda 1 ta. Qizil kartochkalar yo‘q.
. PSJda 3 marta ofsayd, Realda esa yo‘q. Har ikkala jamoada 1 tadan burchak to‘pi mavjud.
O‘yin MetLife stadionida bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar