date

Rustam Ashurmatov: "Abbosbek Fayzullayev Yevropaga chiqadi, shubha yo‘q!"

Rustam Ashurmatov: "Abbosbek Fayzullayev Yevropaga chiqadi, shubha yo‘q!"
“Rubin”ni tark etib, faoliyatini Eronning “Istiqlol” jamoasida davom ettirayotgan o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Rustam Ashurmatov yaqinda rossiyalik sport jurnalist Vladislav Kruglovga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

Fikr mulohazalar doirasida, u Fayzullayevning Yevropaga chiqish ehtimoli, Turkiya klublaridan kelib tushayotgan takliflar va uning professional munosabati haqida gap ochdi. Ashurmatovga ko‘ra, Abbosda katta potensial bor va u ishlayotgani bilan bunga to‘liq munosib.

"Turkiyadan qiziqish borligini eshitdim. Lekin u bilan bu mavzuni shaxsan muhokama qilmaganman. Agar u Turkiyada muntazam asosiy tarkibda maydonga tusha boshlasa — u yerga borishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi. Ammo, agar u zaxirada qolib ketsa, Rossiyada qolgani ma’qulroq", – deydi Ashurmatov.

Futbolchi shuningdek, Fayzullayevning individual tayyorgarligi va Yevropa yo‘nalishiga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Abbosda Husanov singari yuqori pog‘onalarni zabt etishga barcha salohiyat bor.

"U jamoa bilan birga mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmaydi. Abbos o‘zi ustida ham ishlaydi. Bu juda muhim jihat. U Yevropada to‘p surishni orzu qiladi va menimcha, buni uddalaydi. Uni shu maqsadga yetaklovchi iroda va mehnatkashlik yetarli", – deb ta’kidladi Ashurmatov.

Muxlislar uchun esa eng asosiy savol — Fayzullayevning keyingi qadami qayerga olib boradi? Turkiyaning murakkab chempionatida o‘zini namoyon etadimi yoki Rossiyada qolib, yuqori darajadagi tajriba to‘playdimi?

Har qanday holatda ham, Abbosbek Fayzullayevning nomini Yevropaning katta klublari qayd etishi faqat vaqt masalasi bo‘lib qolmoqda. Uning ishlari va so‘nggi o‘yinlardagi faolligi bu yo‘lda jiddiy signal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Ashurmatov: "Abbosbek Fayzullayev Yevropaga chiqadi, shubha yo‘q!"