
Angliyaning so‘nggi yillardagi eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri — Morgan Gibbs-Uayt yaqin kelajakda jahonning yetakchi klublaridan biriga aylangan "Manchester Siti" safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda "Football Insider" nashri ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi o‘zining kelajagini Pep Gvardiola shogirdlari bilan bog‘lashga tayyor. U "Siti"da yuqori maqsadlar uchun kurashish, Chempionlar ligasida to‘p surish va katta sahnada o‘zini namoyon qilish imkoniyatini yuqori baholamoqda.
Biroq hozircha "Manchester Siti" va "Nottingem Forest" klublari o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani yo‘q. Sababi — "Nottingem" rahbariyati o‘z jamoasining yetakchilaridan biri bo‘lgan Gibbs-Uaytni sotish niyatida emas. Jamoa murabbiylari va muxlislari uning qolishini istamoqda.
Gibbs-Uayt 2022 yildan beri "Nottingem Forest" safida faoliyat yuritib kelmoqda va bu davr mobaynida ko‘plab muxlislarning mahbubiga aylandi. 2024/25 mavsumda u jamoa uchun 38ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 10ta golli uzatma bilan ajraldi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro etib baholagan. Bu summa "Siti" uchun katta to‘siq emas, biroq "Forest"ning qarorini o‘zgartirish oson bo‘lmasligi mumkin.
Gibbs-Uayt "Vulverxempton" akademiyasida yetishib chiqqan va Angliyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida to‘p surgan. Uning texnik salohiyati, kreativ fikrlashi va aqlli paslari uni "Siti" tarziga mos futbolchiga aylantiradi.
Hozircha muzokaralar davom etmoqda. Agar Gvardiola o‘z xohishini amalga oshira olsa, "Manchester Siti" yana bir iqtidorli va universal o‘yinchiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, bu transfer "Nottingem Forest" uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi turgan gap.
Muxlislar esa yaqin kunlarda rasmiy tasdiq yoki rad etishni intiqlik bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar