
2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati yana bir tarixiy qaror bilan boyidi — final uchrashuvi dunyodagi eng mashhur arenalardan biri bo‘lgan “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkaziladi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, FIFA va “Real Madrid” klubi o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha rasmiy kelishuvga erishilgan. Bu qaror turnirning nufuzini yanada oshirishi kutilmoqda, chunki “Santyago Bernabeu” nafaqat Yevropada, balki butun dunyodagi eng mashhur va zamonaviy stadionlardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi jahon chempionati Marokash, Portugaliya va Ispaniya mezbonligida o‘tkaziladi. Bu — tarixda birinchi marta chempionatni bir necha qit’alarda va davlatlarda qabul qiluvchi formatda o‘tkazilishidir.
48 terma jamoa ishtirok etadigan turnir 2030 yilning 8 iyun kuni start oladi va 21 iyul kuni final uchrashuvi bilan yakunlanadi. Hozirda FIFA turnir taqvimi ustida ish olib bormoqda.
"Santyago Bernabeu" stadioni yaqinda to‘liq rekonstruksiyadan o‘tkazildi. Yangi qiyofadagi arena 85 mingdan ziyod tomoshabinni sig‘dira oladi. Stadionda slayd ko‘rinishidagi yon tomonlar, ochiluvchi tom, 360° LED ekran kabi zamonaviy texnologiyalar joriy qilingan.
Mahalliy va xalqaro sport mutaxassislari bu qarorni ijobiy qabul qilmoqda. Chunki mazkur stadionda futbol nafaqat o‘yin sifatida, balki grand shou shaklida taqdim etiladi.
2030 yildagi final nafaqat sport tarixi, balki madaniyat va texnologik jihatdan ham yuqori darajada o‘tadi, deya taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar