
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana mavsumoldi yig‘inlari vaqtida jarohat oldi, deb xabar berdi Euro-football.ru.
The Telegraph nashriga ko‘ra, 29 yoshli kamerunlik futbolchi kamida bir yoki ikki oy maydonga tusha olmasligi mumkin.
Avvalroq klub rahbariyati Onananing ko‘plab xatolariga qaramasdan yangi darvozabon izlamoqchi emas edi. Ammo jarohatdan so‘ng bu fikr o‘zgarishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Onana 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol o‘tkazib yuborgan va 11 ta o‘yinda darvozani daxlsiz saqlagan.
Jamoasi Yevropa Ligasi finaliga chiqdi va Angliya Premer Ligasi jadvalida 15-o‘rinda joy oldi. Onananing bozor qiymati taxminan 25 million yevroga teng.
Klub endilikda darvozabon masalasida yangi qaror qabul qilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar