
MLSning navbatdagi turidan o‘rin olgan bahsda “Inter Mayami” o‘z maydonida “Neshvill” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur g‘alabada 38 yoshli Lionel Messining navbatdagi dubli hal qiluvchi rol o‘ynadi — u 17 va 62-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu gollar Messining yangi tarixiy natija qayd etishiga sabab bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, MLS tarixida haligacha hech bir futbolchi beshta o‘yinda ketma-ket ikki yoki undan ko‘p gol ura olmagan.
Bellashuvda “Neshvill”ning yagona goliga Muxtar 49-daqiqada mualliflik qildi.
Inter Mayami – Neshvill – 2:1
Gollar: Messi (17, 62), Muxtar (49). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar