date

Mbappe “Real”da tarixiy natija qayd etdi

Mbappe “Real”da tarixiy natija qayd etdi
Madridning mashhur “Real” jamoasi uchun joriy mavsum muvaffaqiyatli kechmadi — jamoa ishtirok etgan birorta musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadi. Biroq bu holat 26 yoshli Kilian Mbappening shaxsiy yutuqlariga ta’sir qilmadi.

Fransiyalik hujumchi mavsum davomida qatnashgan barcha musobaqalarda — jami 7 turnirda raqib darvozasiga gol kiritdi. U La Liga, Ispaniya Kubogi, Superkubok, Chempionlar Ligasi, Qit’alararo kubok, Yevropa Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘purarlik ko‘nikmasini namoyon qildi.

Qizig‘i shundaki, tarixda “qirollik klubi”ning hech bir futbolchisi bir mavsumda bu qadar ko‘p turnirda gol urmagan. Mbappe esa o‘zining “qaymoqranglilar”dagi ilk mavsumidayoq bunday natijaga erishdi.

Ma’lumot o‘rnida: Kilian o‘tgan yozda “PSJ”dan erkin agent sifatida “Real”ga qo‘shilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe “Real”da tarixiy natija qayd etdi