
14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida jahon boks ixlosmandlari kutayotgan katta boks kechasi tashkil etiladi. Mazkur turnirning markaziy to‘qnashuvida ikkinchi yengil vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue hamda WBA Interim kamari egasi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tariladi.
Ushbu super to‘qnashuv Nagoya shahrida yaqinda barpo etilgan zamonaviy IG Arena sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu turnir uchun chiptalar savdosi boshlangan va muxlislar uchun turli narxlardagi imkoniyatlar taqdim etilgan.
Eng arzon chipta narxi 85 AQSH dollarini tashkil etadi. VIP sektordagi o‘rinlar uchun mo‘ljallangan eng qimmat chipta esa 1692 dollarga baholangan.
Naoya Inoue — zamonaviy boksning eng zo‘r va ta’sirli jangchilari qatorida tilga olinadi. Uning Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jangi nafaqat Osiyo, balki jahon miqyosida katta qiziqish uyg‘otgan.
Chiptalarni rasmiy manbalar orqali sotib olish mumkin. Katta ehtimol bilan mazkur oqshomni tomosha qilishni istaganlar soni ko‘p bo‘ladi, shu bois chiptalar tezda tugashi mumkin.
Bu to‘qnashuv ikki chempion uchun ham muhim ahamiyatga ega. Murakkab va shiddatli kechishi kutilgan jangning g‘olibi uning boksdagi kelajagiga katta yo‘l ochishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar