
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida PSJni yirik hisobda mag‘lub etganidan so‘ng, “Chelsi” bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoasiga nisbatan faxru iftixor tuyg‘usini yashirmadi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, futbolchilar final bahsida aynan chempionga xos o‘yin namoyish qilishdi.
Mareska o‘z intervyusida “aristokratlar”ning o‘yindagi kuchli start harakatlari haqida shunday dedi:
“Bu chempionlik futbolchilarning munosib mukofoti. Ular so‘zsiz qahramon bo‘lishdi. Men bugungi lahzadan juda mamnunman. Biz o‘yinni ilk 10 daqiqadayoq o‘z yo‘limizga burdik. Tempni biz berdik. Bu tempni 90 daqiqa saqlab qolish oson emas, lekin ular uddalashdi”, – deya qayd etdi u.
Ayniqsa, yarim himoyachi Koul Palmerning o‘yini Mareskaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Uning ikki goli va golli pasi jamoa g‘alabasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
“Biz unga hujum uchun ideal bo‘shliq topdik. U o‘zini erkin his qildi va hech kim to‘sqinlik qilolmadi. Bu uning g‘alabasi emas, butun jamoaniki — jamoaviy uyg‘unlik bugungi g‘alabaning asosiy kaliti bo‘ldi”, – dedi murabbiy.
Enzo Mareska shuningdek keyingi mavsum rejalari haqida ham fikr bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘alabadan keyingi ta’til hozirda uning eng katta quvonchiga aylangan:
“Juda hayajondaman. Lekin eng zo‘ri — oldimizda 3 hafta ta’til bor. Bu dam olish nafaqat tanani, balki aqlni ham tiklash uchun ajoyib imkoniyat”, – deya so‘zini yakunladi murabbiy.
Bu final nafaqat "Chelsi" tarixida, balki Enzo Mareskaning shaxsiy murabbiylik karyerasida ham muhim bosqich bo‘lib qolishi turgan gap. Jamoa bugun haqiqiy chempionga xos o‘yin namoyish qildi, va Mareskaning shogirdlariga bo‘lgan ishonchi o‘zini to‘liq oqladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar