date

Enrike tan oldi: “Chelsi” bizdan yaxshiroq o‘ynadi va bunga loyiq edi

Enrike tan oldi: “Chelsi” bizdan yaxshiroq o‘ynadi va bunga loyiq edi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali PSJ uchun unutilmas, biroz og‘riqli bo‘ldi. “Chelsi”ning yirik hisobdagi g‘alabasidan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike o‘yin bo‘yicha fikr bildirdi va raqib ustunligini ochiq tan oldi.

— “Biz katta sportning ichidamiz. Ba’zan shunday kunlar ham bo‘ladi. Albatta, o‘yinni yana bir bor tahlil qilishimiz kerak. Bir narsa aniq: “Chelsi” bizdan yaxshiroq boshladi. Ularning pressingi samarali bo‘ldi va biz uchun katta muammolar tug‘ildi. Ular hujum qilishda ancha erkin harakat qilishdi. Biz esa o‘yinga moslashishda qiyinchilikka uchradik”, — dedi Enrike.

Murabbiy shuningdek, “Chelsi” safidagi yulduzlardan biri bo‘lgan Koul Palmerning o‘yinini alohida e’tirof etdi:

— “Palmer haqiqiy super o‘yin namoyon etdi. Uning harakatlari va qarorlari raqib o‘yinini butunlay boshqacha darajaga olib chiqdi. U bugungi g‘alabaning asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi”.

Enrike raqibni chempionlik bilan tabrikladi va bu mag‘lubiyatni jamoa uchun saboq sifatida baholadi. Unga ko‘ra, bunday finallar tajriba va kelgusi o‘yinlar uchun motivatsiya bo‘lishi kerak.

Siz nima deb o‘ylaysiz: PSJ bu mag‘lubiyatdan keyin kuchliroq jamoa sifatida qaytishi mumkinmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Enrike tan oldi: “Chelsi” bizdan yaxshiroq o‘ynadi va bunga loyiq edi