
O‘zbekiston yengil atletikasi yana bir tarixiy lahzaga guvoh bo‘ldi. Mamlakatimiz sharafini xalqaro musobaqada himoya qilgan Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda yangi milliy rekord o‘rnatdi. Bu haqda Olympic.uz rasman ma’lum qildi.
Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro bellashuvda Anvarov 8,25 metr natija qayd etib, nafaqat musobaqa g‘olibiga aylandi, balki bir necha hafta oldin Toshkentda o‘zi o‘rnatgan 8,23 metrlik rekordni ham ortda qoldirdi. Bu natija O‘zbekiston atletikasida yangi marra ekanini ko‘rsatib turibdi.
Musobaqaning yana bir yirik natijasi — ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan Barno Sayfullayevaga tegishli. U 1,85 metrlik natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi va ushbu medal bilan mamlakat bayrog‘ini baland ko‘tardi.
Ayni paytda terma jamoa sportchilari yuqori sport formasini namoyon etishda davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar