
Klublar o‘rtasida yangi formatdagi jahon chempionatida “Chelsi” nafaqat sportda, balki moliyaviy jihatdan ham buyuk zafar qozondi. Angliyaning nomdor klubi mazkur musobaqada 114 million dollarlik umumiy daromad qayd etdi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir jamoa ishtirok uchun start bonusiga ega bo‘ldi. Bu summa qit’alar bo‘yicha farq qildi — xususan, Yevropa va Janubiy Amerika klublari yuqori toifadagi to‘lovlarni qabul qilishdi.
“Chelsi”ning bosqichma-bosqich muvaffaqiyati:
- Guruh bosqichi g‘alabalari: har biri uchun $2 mln;
- Durang natijalar: $1 mln.
Pley-off bosqichida mukofot puli bosqichga qarab ortdi:
- 1/8 finalga chiqqani uchun — $7,5 mln;
- Chorak final — $13,125 mln;
- Yarim final — $21 mln;
- Finalda ishtirok — $30 mln;
- Chempionlik uchun qo‘shimcha mukofot — $10 mln.
Shu tariqa, londonliklar barcha bosqichlarda muvaffaqiyat bilan harakat qilib, maksimal darajadagi mukofotlarni qo‘lga kiritishdi. Ushbu moliyaviy yutuq “Chelsi” uchun yangi transferlar va infratuzilmaviy investitsiyalar yo‘lida muhim omil bo‘lishi mumkin.
Muxlislar va ekspertlar bu natijani nafaqat klub, balki butun Angliya futboli uchun katta muvaffaqiyat sifatida baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar