
Futbol yulduzi Kilian Mbappe yana shov-shuvli holat bilan ommaviy axborot vositalarining diqqat markaziga tushdi. Bu safar gap uning Fransiya terma jamoasi safida bo‘lgan davrida xavfsizlikni ta’minlagan politsiya xodimlariga yirik miqdorda pul o‘tkazib bergani haqida ketmoqda.
RMC Sport nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil davomida Mbappe o‘z shaxsiy hisobidan 5 nafar politsiyachiga jami 180 300 yevro pul o‘tkazgan. Xususan, to‘rt nafar xodimga 30 ming yevrodan, ularning rahbariga esa 60,3 ming yevro miqdorida to‘lov amalga oshirilgan.
Futbolchining o‘z aytishicha, u bu harakati orqali terma jamoa a’zolarining xavfsizligiga javobgar bo‘lgan shaxslarni rag‘batlantirmoqchi bo‘lgan. Mbappe bunday to‘lovni shaxsiy tashabbus sifatida amalga oshirganini ta’kidlamoqda va bu holatda hech qanday qonunbuzarlik yo‘qligini bildirdi.
Shu bilan birga, u hozirda Fransiya huquq-tartibot organlari bilan to‘liq hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Ayni paytda bu masala jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi kuzatuvchilar bu harakatni sof niyat sifatida qabul qilmoqda, boshqalar esa politsiyaga bevosita pul to‘lanishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.
Kilian Mbappe sportdagi muvaffaqiyatlari bilan birga jamoatchilik oldidagi harakatlari orqali ham doimo yoritib boriladigan shaxs hisoblanadi. Shu bois u bilan bog‘liq har qanday voqea katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar