
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun yana xalqaro darajadagi mutaxassislarga murojaat qilishda davom etmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, assotsiatsiya Angliya premer-ligasidagi ishi bilan nom qozongan xorvatiyalik tajribali murabbiy Slaven Bilichga rasman taklif bilan chiqqan, deb xabar berdi championat.asia.
Ayni paytda, Slaven Bilich va O‘FA rasmiylari o‘rtasida muzokaralar qizg‘in tus olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli xorvat mutaxassisiga milliy jamoani tubdan yangilash va xalqaro arenada yangi natijalarga erishish vazifalari yuklatilishi mumkin. E’tiborlisi, Bilichning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonidagi “Al Fatih” klubi bo‘lib, u yerdan 2024 yil avgust oyida ketganidan buyon hech qayerda faoliyat olib bormagan.
Slaven Bilich murabbiylik faoliyati davomida turli davlatlardagi nufuzli klublarni boshqargan. Jumladan, “Xayduk”, “Lokomotiv” Moskva, “Beshiktosh”, “Vest Xem”, “Al Ittihod”, “Vest Bromvich”, “Beyszin Goan”, “Uotford” va boshqa jamoalarda tajriba orttirgan. Uning asosiy yutuqlari sifatida Xorvatiya bilan Yevropa chempionati chorak finaliga chiqishi, Turkiyada ikki marta bronza medaliga ega bo‘lishi va milliy chempionatda vitse-chempionlikka erishganini qayd etish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq O‘FA yana bir katta nom — Germaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi Yoaxim Lyovga taklif bilan chiqqani ma’lum bo‘lgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay Lyovning o‘zi ham ushbu taklif haqida rasman tasdiq bergan.
O‘FAning yuqori ambitsiyalari va yangi strategiyasi milliy futbolda yangi sahifa ochishi kutilmoqda. Qolaversa, muxlislar va ekspertlar ham katta umid va qiziqish bilan muzokaralar natijasini kutmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyligida qanday o‘zgarish bo‘lishi — yaqin kunlarda aniq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar