
Eronning mashhur "Persepolis" klubi atrofida yana bir muhim transfer yangiligi muhokama markaziga aylandi. Klub menejeri Mustafo Lashgari o‘zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurovning ehtimoliy kelishidan voz kechishga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi, deb xabar berdi parsfootball.com.
Mustafo Lashgarining aytishicha, Shukurov avval boshda jamoaning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida qaralgan. Biroq, futbolchining jarohati va Fransiyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jarrohlik amaliyoti bu jarayonga jiddiy to‘siq bo‘lgan. "Dastlabki transferlar ro‘yxatimizda Shukurov bor edi, lekin uning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab u nomzodlar orasidan chiqarildi. Ayni paytda biz markaziy himoyachi va o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyalari uchun yangi nomzodlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz", – dedi klub menejeri.
Avvalroq, "Persepolis"ning bosh murabbiyi Vohid Hoshimyan shaxsan o‘zi Otabek Shukurovni jamoada ko‘rish istagini bildirgan edi. Bu holat eronlik muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otgandi va Shukurovning transferi ortidan turli mish-mishlar tarqaldi.
Klubning so‘nggi qarori nafaqat o‘zbekistonlik futbolchi uchun, balki jamoaning transfer siyosati uchun ham muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Endilikda "Persepolis"ning e’tibori asosan himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaratilgan. Ekspertlar ta’kidlashicha, Shukurovning jarohati tufayli kelishuv amalga oshmay qolishi uning kelgusi faoliyati uchun ham katta sinovga aylanishi mumkin.
Futbol muhlislari esa bu yangiliklarni qiziqish bilan kuzatmoqda. Otabek Shukurovning tiklanish jarayoni qanday kechishi va kelajakda qaysi klubda faoliyat olib borishi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Shuningdek, "Persepolis"ning hujum va himoya chizig‘ida qanday yangiliklar bo‘lishi ham barcha uchun qiziq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar