date

Saka, Rays va muhit: Noni Madueke “Arsenal”ni tanladi

Saka, Rays va muhit: Noni Madueke “Arsenal”ni tanladi
Angliya futbolida yana bir muhim transfer amalga oshdi — iqtidorli hujumchi Noni Madueke endi “Arsenal” tarkibida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. Uning bu qarorini nafaqat shaxsiy rivoj, balki klubdagi muhit va maqsadlar ham belgilab berdi, deb xabar berdi arsenal.com.

Ma’lum qilinishicha, Madueke “Arsenal”ga o‘tishdan oldin Deklan Rays, Maylz va Bukayo Saka bilan suhbatlashgan. Ularning har biri “Arsenal”dagi atmosfera, jamoa ruhi va bir-birini qo‘llab-quvvatlash muhitini yuqori baholagan. Ayniqsa, “bu yer chinakam oiladek jamoa” degan so‘zlar hujumchi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

"Biz ishtirok etayotgan har bir musobaqada g‘olib bo‘lishni maqsad qilganmiz. Shu orzularga yetish uchun jamoada yetarlicha kuch bor. Men buni his qilyapman", – dedi Noni Madueke.

Eslatib o‘tamiz, Noni Madueke 2023 yilning yanvar oyida “Chelsi” safini to‘ldirgandi. Ushbu jamoa bilan u 92 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etdi, 20 ta gol urdi va 9 ta assist bilan jamoadoshlarini quvontirdi. Uning texnik mahorati, tezligi va qanotdagi faol harakatlari muxlislar tomonidan ko‘p bor ta’riflangan.

Endi esa undan “Arsenal” safida ham shunday yorqin o‘yinlar kutilmoqda. Uning Saka, Jezus va Martinelli kabi hujumkor futbolchilar bilan bir maydonda harakat qilishi jamoa uchun qo‘shimcha ustunlik beradi.

Murrabbiy Mikel Arteta ham yangi transferni jamoaga qo‘shimcha kuch sifatida baholamoqda. Madueke yangi muhitda o‘zini ko‘rsata olishi, “Arsenal” esa unga ishonch bildirishi — bu ikki tomon uchun ham manfaatli kelishuvga aylanishi mumkin.

Jamoa muxlislari esa hujumda yana bir ijobiy o‘zgarishni kutmoqda. Agar Noni Madueke “Arsenal”da ham “Chelsi”dagi faolligini saqlab qolsa, yangi mavsumda “kanonirlar”ning hujum harakatlari yanada xavfli tus oladi.

Shubha yo‘qki, bu transfer nafaqat sport ommaviy axborot vositalari, balki Premer-liga muxlislari uchun ham katta qiziqish uyg‘otadi. Chunki “Arsenal” nafaqat chempionlik, balki Yevropa arenalarida ham katta maqsadlar sari intilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saka, Rays va muhit: Noni Madueke “Arsenal”ni tanladi