date

Nimeli xet-trik qildi, “Neftchi” 8:1 hisobida g‘alaba qozondi

Nimeli xet-trik qildi, “Neftchi” 8:1 hisobida g‘alaba qozondi
Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yozgi tayyorgarlik yig‘inlari doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar raqib sifatida Qirg‘iz Respublikasidan tashrif buyurgan “Neftchi” (Qo‘chqor-ota) jamoasi maydonga tushdi.

Ikki nomdosh jamoa o‘rtasidagi bellashuv o‘ta farqli darajalarni namoyon qildi. Farg‘onaliklar o‘yin davomida to‘liq ustunlikni qo‘lga olib, raqib darvozasini 8 marta ishg‘ol qilishdi. Mehmonlar esa faqat bir bor javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bunday yirik hisobdagi g‘alabada asosiy rolni jamoaning yangi hujumchisi Silvanus Nimeli o‘ynadi. U o‘yinning ilk 34 daqiqasida xet-trik qayd etib, muxlislarga o‘zini tanitishga ulgurdi. Uning harakatlarida tezlik, kuch va maydonni his qilish kabi muhim jihatlar yaqqol ko‘zga tashlandi.

Birinchi bo‘limda Nimelidan tashqari Jamshid Iskanderov va Abrorbek Ismoilov ham o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bu uchrashuvda Vitaliy Levchenko o‘z tarkibidagi ko‘plab futbolchilarni sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Ayniqsa, har ikki bo‘limda turlicha tarkib bilan harakat qilish, murabbiy uchun muhim tajriba bo‘ldi.

Ikkinchi taymda esa Shohruh Yoqubjonov va Zoran Marushich ikkita gol muallifiga aylanishdi. Jamoa umumiy hisobda raqibni 8:1 bilan yengdi. Qirg‘izistonning “Neftchi” klubining yagona goli 67-daqiqada kiritildi – Esanbek Usan olu tomonidan.

Farg‘onaning “Neftchi” klubi ushbu nazorat o‘yini orqali tayyorgarlik darajasini namoyon qildi. Jamoa tarkibidagi raqobat, o‘yinchilarning maydondagi harakatlari va golli epizodlar murabbiylar shtabi uchun ijobiy baholarga sabab bo‘ldi.

Quyida to‘liq tarkiblar bilan tanishing:

1-bo‘lim tarkibi:
Botirali Ergashev, Muxsin Ubaydullayev, Yovan Jokich, Boyan Siger, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Ikrom Aliboyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Jamshid Iskanderov, Silvanus Nimeli.

2-bo‘lim tarkibi:
Akbar To‘rayev, Muhammadziyo Adhamjonov, Anvarjon G‘ofurov, O‘tkirbek O‘ktamov, Shohrux Yoqubjonov, Doniyor Valiyev, Muhammadjon Toirjonov (Xenri 60'), Bilolxon Toshmirzayev, Omadillo Abdubannopov (Dilshod Sharofutdinov 85'), Alisher Odilov, Zoran Marushich.

Farg‘onaliklar bu kabi o‘yinlar orqali yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotganini yana bir bor isbotladi. Kelgusi rasmiy uchrashuvlarda ham shu ruhdagi o‘yinlardan muxlislar kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nimeli xet-trik qildi, “Neftchi” 8:1 hisobida g‘alaba qozondi