date

“Manchester Yunayted”da yirik o‘zgarish: Amorim to‘rt futbolchini chetlatdi

“Manchester Yunayted”da yirik o‘zgarish: Amorim to‘rt futbolchini chetlatdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim qat’iyat va intizom talab qilishda davom etmoqda. Jamoa AQShda o‘tkaziladigan yirik turnir oldidan Amorim to‘rt mashhur futbolchini tarkibdan chiqarish haqida qat’iy qaror qabul qildi. ESPN manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, bosh murabbiy Jeydon Sancho, Tirell Malasiya, Alejandro Garnacho va Antonini AQShdagi yig‘in uchun tarkibga qo‘shmadi.

Tahlilchilarning aytishicha, ikki hafta avval Amorim aynan shu futbolchilarga yangi klub topishni tavsiya qilgan, ular esa bu taklifni rad etgani uchun klub bazasiga kirishlari taqiqlangan edi. “Manchester Yunayted” rahbariyati ham murabbiy qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatladi va bu futbolchilar murabbiylar shtabi talablariga javob bermaganini e’lon qildi.

Ruben Amorimning qat’iy va talabchan siyosati natijasida asosiy tarkibda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Jamoadan chetlatilganlar orasida Markus Reshford ham bor edi — 27 yoshli hujumchi “Barselona”ga o‘tib, ayni paytda Ispaniyada faoliyat yuritmoqda. Ushbu voqealar ortidan “Manchester Yunayted”ning yangi mavsumida yangi yuzlar va yosh iste’dodlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted”da yirik o‘zgarish: Amorim to‘rt futbolchini chetlatdi