O‘zbekistonlik mashhur UFC jangchisi Ramazon Temirov Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahrida ziyoratda bo‘lib turibdi. U o‘zining Instagram sahifasida ushbu ziyoratga oid foto va ehtiromli satrlar bilan baham ko‘rdi.
"Alhamdulillah, yana bir bor Alloh o‘z baytiga chaqirdi", — deb yozgan Temirov Ka’ba tasvirlangan surat ostida.
Ma’lumot uchun, Temirov 26 iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida qozog‘istonlik Asu Almabayevga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq jangchi qonidan taqiqlangan modda aniqlanishi natijasida ushbu bellashuvdan chetlatildi.
Shundan so‘ng, Ramazon vaqtinchalik sportdan uzoqlashib, diniy amallarni ado etish uchun Makkaga yo‘l oldi. Uning bu qarorini ko‘plab muxlislar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Temirovning mazkur ziyorati sport va ruhiyat uyg‘unligini namoyon etuvchi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!