date

Aleksandar Mitrovich APLga qaytishi mumkin: top klublar qiziqishda

Aleksandar Mitrovich APLga qaytishi mumkin: top klublar qiziqishda

Yozgi transferlar oynasi qizg‘in pallada ekan, Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasida to‘p surayotgan serbiyalik hujumchi Aleksandar Mitrovich yana Yevropa futboli markaziga qaytishi mumkinligi haqida yangi xabarlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Caught Offside.

Ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli Mitrovichga Angliya Premer-ligasining bir qator yirik klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aniqroq aytganda, uni o‘z safida ko‘rishni istaganlar – “Nyukasl Yunayted”, “Manchester Yunayted” va Londonning “Tottenxem” jamoalari sanaladi. Ushbu klublar hujumni kuchaytirish maqsadida serbiyalik to‘purarga alohida e’tibor qaratishmoqda.

Shu bilan birga, “Al Hilol” jamoasi bosh murabbiyi Simone Inzagi kelayotgan mavsumda Mitrovichga asosiy tarkibda ishonch bildirish niyatida emasligi aytilmoqda. Bu holat tajribali futbolchining Yevropaga qaytish ehtimolini yanada oshiryapti.

Ekspertlarning baholashicha, Aleksandar Mitrovichning transfer qiymati hozirda taxminan 18 million yevroga teng. Bu narxga ushbu yozda top-klublar o‘rtasida tortishuv bo‘lishi aniq, chunki serbiyalik hujumchi o‘zini yuqori darajada ko‘rsatib kelgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Mitrovich o‘tgan mavsumda “Al Hilol” safida Saudiya Arabistoni chempionatida 23 uchrashuvda maydonga tushgan va 20 ta to‘p kiritishga erishgan. Shu bilan birga, u 2 marta golli uzatma bilan ham jamoasini quvontirgan. Bu natijalar uning hujumdagi samaradorligidan darak beradi.

Yozgi transferlar oynasi yakunlangunicha Mitrovichning Yevropa maydonlariga qaytishi bo‘yicha muhokamalar va qiziqishlar davom etadi. Uning keyingi manzili qaysi klub bo‘lishi futbol muxlislari uchun ham, ekspertlar uchun ham asosiy savol bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandar Mitrovich APLga qaytishi mumkin: top klublar qiziqishda