«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnoma uzaytirilishi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida gapirdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.
«Suares shartnomani uzaytirishga rozi. Biz u bilan deyarli kelishib oldik. Yaqin kunlarda yangi shartnoma tuzilganini e’lon qilamiz. Balki bu muxlislar uchun Rojdestvo sovg‘asi bo‘lar.
Biz u bilan uzoqroq muddatga shartnoma imzolamoqchi edik. Ammo ba’zi qoidalar tufayli u bilan shartnoma 2022 yilgacha bo‘ladi. U faoliyatining oxiriga qadar biz bilan qolsa, xursand bo‘lamiz», deya Bartomeuning so‘zlarini keltirgan Uruguay’s Radio Vision sayti.
Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar jamoasiga 2014 yilda kelgan. Ayni vaqtda 29 yoshla bo‘lgan Suares bilan amaldagi shartnoma muddati 2019 yilning 30 iyuniga qadar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi