"Arsenal" jamoasining fransuz himoyachisi Vilyam Saliba jamoaga yaqinda qo‘shilgan Viktor Dyokeresh haqida o‘z munosabatini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, yangi hujumchi bilan birga jamoa yanada kuchli va raqobatbardosh bo‘ladi.
Saliba fikricha, Viktor Dyokereshga qarshi o‘ynash har doim qiyin va mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. "Biz uning qanchalik mahorati baland futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz, unga qarshi harakat qilish doim jiddiy e’tibor va maksimal konsentratsiya talab qiladi. Uni jamoamiz safida ko‘rayotganimdan juda mamnunman", — dedi Saliba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dyokeresh endi "Arsenal"da o‘zining gollari va aktiv harakatlari bilan jamoaga katta yordam ko‘rsatadi. Fransiyalik himoyachi "Arsenal"ning yangi mavsumda ham katta maqsadlar sari intilishini, Premer-ligada chempionlik uchun kurashish imkoniyati borligini alohida ta’kidladi. "Har bir mavsum o‘z ehtiyojlari va saboqlari bilan keladi. Biz avvalgi uch mavsumdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak", — dedi u.
Saliba, jamoada ko‘plab yangi futbolchilar paydo bo‘lganini va ularning ham katta umid bilan chempionatda g‘alaba qozonish uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi. "Biz Premer-liga g‘olibligi uchun kurashamiz, barcha o‘yinlarda maksimal kuchni namoyon qilamiz", — deb ta’kidladi himoyachi.
Ma’lumot uchun, Arteta shogirdlari yangi mavsumni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs 17 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
Muxlislar esa, yangi mavsumda “Arsenal” qanday natijalar ko‘rsatishini katta qiziqish bilan kutishmoqda.
Saliba: Dyokeresh "Arsenal"ning g‘alabalariga hissa qo‘shadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar