date

Ekspertlar "Spartak" o‘yinida hakam xatosini aniqladi

Ekspertlar "Spartak" o‘yinida hakam xatosini aniqladi

Rossiya futbol ittifoqi Ekspert-sudiya komissiyasi "Spartak" jamoasining so‘rovi asosida "Spartak" va "Baltika" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdagi ikki holatni ko‘rib chiqdi. Bu haqida one.uz xabar berdi.

Mazkur holatlar Anton Zabolotniyning va Markinyosning maydondan chetlatilishi bilan bog‘liq. Birinchi holatda Ekspert-sudya komissiyasi hakam Sergey Karasyovning VAR tizimi aralashuvidan keyin qabul qilgan qarorini to‘g‘ri deb topdi.

Komissiya Anton Zabolotniyning futbol qoidalarini jiddiy ravishda buzganini aniqladi. Hakamlar bir ovozdan "Spartak" hujumchisi to‘pga yetib bormasdan, ochiq krassovkalari bilan raqib futbolchining xavfsizligiga tahdid solganini ta’kidladilar.

Ikkinchi holatda esa komissiya bir ovozdan Sergey Karasyov tomonidan Markinyosga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilganini xato, deb topdi. Komissiya aniqlashicha, qoidabuzarlik sodir etilganidan avval "Baltika" futbolchisi ofsayd holatida bo‘lgan.

Shu sababli hujum rivojlanishiga to‘sqinlik qilinmagan. Natijada yon hakamning xatosi asosiy hakamning ham xato qaror qabul qilishiga olib kelgan.

VAR esa o‘z protokoliga ko‘ra bu vaziyatda aralasha olmagan. Eslatib o‘tamiz, "Spartak" ushbu o‘yinda "Baltika"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ekspertlar "Spartak" o‘yinida hakam xatosini aniqladi