date

Ronaldu va yulduzlar ham "An-Nasr"ni qutqara olmadi

Ronaldu va yulduzlar ham "An-Nasr"ni qutqara olmadi

Saudiya Arabistonining mashhur klubi — “An-Nasr” yangi mavsum uchun tayyorgarlikni qizg‘in olib bormoqda. Joriy haftaning yakshanbasida riyodliklar Portugaliyaning “Eshtrela” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Qizig‘i shundaki, bellashuv yopiq formatda tashkil etildi va tribunalarda faqatgina har ikki klub vakillari ishtirok etdi.

Mazkur o‘yinda “An-Nasr” safida birinchi daqiqalardanoq jamoaning kuchli hujumchi triosi maydonga tushirildi — Krishtianu Ronaldu, Joau Feliks va Sadio Mane. Ammo bu tarkib ham jamoaga g‘alaba olib kela olmadi.

Portugaliya chempionatining o‘tgan mavsumida 15-o‘rinni egallagan “Eshtrela” jamoasi “An-Nasr”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. A Bola nashrining yozishicha, birinchi taymdan so‘ng Ronaldu zaxiraga olingan.

Eslatib o‘tamiz, “An-Nasr” safiga jahon futboli yulduzlari yig‘ilgan bo‘lsa-da, yangi mavsum oldidan o‘zini uncha ishonchli ko‘rsata olmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va yulduzlar ham "An-Nasr"ni qutqara olmadi