date

"Chelsi" Ayaks yulduzini 43,5 million yevroga qo‘lga kiritdi

"Chelsi" Ayaks yulduzini 43,5 million yevroga qo‘lga kiritdi

Angliyaning mashhur klubi “Chelsi” yosh va iqtidorli futbolchi Yorrel Xato bilan shartnoma imzoladi. London jamoasi Niderlandiyaning “Ayaks” klubidan 19 yoshli markaziy himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Rasman e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xato bilan tuzilgan kelishuv 2032 yilgacha amal qiladi. Bu transfer “Chelsi”ga, bonuslardan tashqari, 43,5 million yevro atrofida tushgan.

Himoyachi o‘tgan mavsumni juda faol o‘tkazdi: u Erediviziyada 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 6ta golli pas yo‘lladi. Bunday natijalar Xatoning yosh bo‘lishiga qaramasdan, katta iqtidor egasi ekanini tasdiqlab turibdi.

Ayni paytda “Chelsi” klubi yoshlar salohiyatiga katta e’tibor qaratmoqda va bu transfer ham shu siyosatning bir qismi sifatida baholanmoqda. Xato kelajakda jamoa himoyasining asosiy figuralaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Chelsi" Ayaks yulduzini 43,5 million yevroga qo‘lga kiritdi