date

"Manchester Yunayted" va "Everton" dramatik durangda kuch sinashdi (video)

"Manchester Yunayted" va "Everton" dramatik durangda kuch sinashdi (video)

AQSHda Angliyaning 4 ta klubi o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik turniri yakuniga yetdi. Portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Manchester Yunayted” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik bahsida "Everton"ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuv kutilganidek murosasiz va jangovar tarzda kechdi. Uchrashuv yakunlanganda tabloda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Shu tariqa musobaqada 7 ochko to‘plagan "Manchester Yunayted" bosh sovringa ega chiqdi.

Bellashuvning dastlabki bo‘limidayoq “qizil iblislar” faol harakatlari bilan ustunlikni qo‘lga kiritishdi. 19-daqiqada jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan Brunu Fernandesh penalti zarbasidan hisobni ochdi. Ushbu gol bilan MYU vaziyatni o‘z nazoratiga olgandek tuyuldi.

Biroq, “Everton” javobsiz qolmadi. Birinchi taymning tugashiga 5 daqiqa qolganda Ndiaye raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, jamoalar taymga mag‘lub bo‘lmagan holda yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham raqobat o‘ta murosasiz tus oldi. 69-daqiqada yangi mavsumdan katta umidlar bilan kutilgan Meyson Maunt o‘zining o‘ziga xos texnik mahoratini namoyon etib, aylanma zarbasi bilan “Manchester Yunayted”ni yana oldinga olib chiqdi.

Biroq, goldan keyin atigi 6 daqiqa o‘tib, “Everton” jamoasi navbatdagi muhim hujumni amalga oshirib, hisobni ikkinchi bor tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ikkala jamoa ham faol harakat qildi, biroq natija o‘zgarmadi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Manchester Yunayted — Everton 2:2
Gollar: Fernandesh (19, penalti), Maunt (67) — Ndiaye (40), Heven (75, avtogol).

Manchester Yunayted — Bayindir, Yoro (Maguayr, 57), De Ligt (Frederikson, 88), Shou (Heven, 57), Dalot, Diallo, Ugarte (Kazemiro, 72), Maynu (Maunt, 57), Fernandesh, Mbeumo (Dorgu, 46), Kunya (Hoylund, 72).

Everton — Pikford, Tarkovski (Oniango, 61), O'Brayen, Kin, Mikolenko, Guye (Aznu, 61), Ayrogbunam (Armstrong, 84), Alkaras (Maknil, 61), Ndiaye (Shermiti, 84), Garner, Betu (Barri, 61).

Muxlislar uchun eslatib o‘tamiz: "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumidagi ilk rasmiy uchrashuvini 17 avgust kuni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi. Katta qiziqish uyg‘otgan ushbu to‘qnashuv yakshanba kuni soat 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Futbol ishqibozlari oldida yana bir mavsum dramalarga boy, hissiyotlarga to‘la va kutilmagan voqealar bilan yuzlashish turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted" va "Everton" dramatik durangda kuch sinashdi (video)