
«Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionati 15-turidan o‘rin olgan «Osasuna»ga (3:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozmoqda Fut.uz sayti.
«Biz birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, faqat gol etishmadi, ammo raqibning qarshiligini sindirishga erishdik. Biz barcha jabhada ustunlik qildik. Shunga qaramay, «Osasuna»da golli vaziyatlar va yaxshi qarshi hujumlar bo‘ldi.
Shunisi aniqki, «Real»ga bosim o‘tkazish uchun, bizga g‘alaba zarur edi», — deya Luisa Enrike so‘zlarini keltirmoqda Football Espana nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar