Yevropa futbol olamida yosh va iqtidorli futbolchilarning narxi yil sayin oshib bormoqda. Angliyaning “Liverpul” klubi yozgi transfer oynasida Germaniyaning “Bayer” klubidan hujumkor yarim himoyachi Florian Virsni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “qizillar” yosh futbolchi uchun 125 million yevro sarflagan.
Florian Virs o‘zining transferi atrofidagi hayajon va katta mablag‘ haqidagi savollarga javob berdi. “Bu haqida o‘ylab ham qo‘ymayman. Men uchun asosiy maqsad — maydonda o‘z o‘yinimni ko‘rsatish. Klublar o‘rtasida qay darajada mablag‘ harakati bo‘lgani men uchun muhim emas”, — deya ta’kidladi futbolchi The Times nashriga.
Yosh yarim himoyachi yana bir muhim jihatga e’tibor qaratdi: “Mendan talab qilinayotgan eng asosiy vazifa — jamoa bilan yana chempionlikni qo‘lga kiritish. Bu esa oson ish emas. Har bir o‘yinda imkoniyatlar yaratish, to‘psiz harakat va maydonda ko‘proq yugurishga intilaman. Buni jamoaviy o‘yinga tatbiq etish men uchun muhim. To‘p menda bo‘lgan paytda esa, jamoa o‘yinini yaxshilashga va jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman”, — dedi Virs.
Transfer atrofidagi katta mablag‘ yosh futbolchi uchun qo‘shimcha yuk bo‘lishi mumkin edi. Biroq Florian Virs yangi jamoasi — “Liverpul”dagi ishonch va motivatsiya bilan asosiy e’tiborini faqat o‘yinga qaratmoqda. Mersisaydliklar esa o‘z tarixlariga yana bir yosh va kelajakli yarim himoyachini qo‘shganidan umidvor.
“Liverpul”ning yangi transferi Virs uchun katta sinov, jamoa muxlislari esa uning yangi mavsumda qanday harakat qilajagini qiziqish bilan kuzatmoqda. Maydondagi har bir qadam, har bir pas va imkoniyat Virsning yangi loyihasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi mavsum “qizillar” uchun yanada yuqori marralar, kuchli raqobat va chempionlik uchun jiddiy kurash bilan boshlanmoqda. Virs esa barcha e’tibor va bosimdan xoli ravishda maydonda o‘z o‘yinini ko‘rsatishga bel bog‘ladi.
Florian Virs: “Liverpul”dagi rekord transfer menga bosim qilmaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar