date

Yilning eng yaxshi murabbiyi uchun bellashuv boshlandi — besh nomzod aniq

Yilning eng yaxshi murabbiyi uchun bellashuv boshlandi — besh nomzod aniq

Nufuzli va futbol olamida katta e’tibor qozongan "France Football" jurnali tomonidan mavsum davomida jamoasi bilan yuqori natijalarga erishgan, o‘zining professional mahoratini to‘la namoyon etgan murabbiylar orasidan Yoxan Kroyf nomidagi maxsus mukofot uchun besh nafar nomzod aniqlandi.

Mazkur sovrin — mavsum davomida murabbiy sifatida jamoasiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan, strategik fikrlashi va futbolchilar bilan ishlash qobiliyati bilan ajralib turgan mutaxassislar uchun beriladigan e’tirof hisoblanadi. Bu nafaqat murabbiyning yutuqlarini, balki uning futbolga qo‘shgan umumiy hissasini ham aks ettiradi.

Joriy yil uchun ro‘yxatga to‘rtta mamlakatning yetakchi klublarini boshqarayotgan mashhur murabbiylar kiritilgan:

  • Luis Enrike — Fransiyaning mashhur PSJ jamoasi bosh murabbiyi sifatida katta bosqichlarga yetakladi va jamoani yangi bosqichga olib chiqdi.
  • Antonio Konte — Italiyaning "Napoli" klubida o‘zining qat’iyatli va tinim bilmas uslubi bilan jamoaning natijalarini yanada yaxshiladi.
  • Xansi Flik — Ispaniyaning "Barselona" klubi shohsupasida turishiga sababchi bo‘lgan, tajribali murabbiy sifatida futbolda o‘z so‘zini aytmoqda.
  • Enso Mareska — Angliyaning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi sifatida jamoa o‘yinini qayta qurib, yangi ruh bag‘ishlashga muvaffaq bo‘ldi.
  • Arne Slot — "Liverpul"ni yangi loyiha bilan boshqarib, ishonchli va intizomli futbol namoyon etgan mutaxassis.


Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ushbu sovrin mashhur italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottiga topshirilgandi. U "Real Madrid" klubi bilan Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritib, mavsumni ulkan yutuqlar bilan yakunlagan edi.

Endi esa barcha muxlislar 2025 yildagi eng munosib murabbiy kim bo‘lishiga qiziqish bilan qaramoqda. G‘olibni aniqlash va sovrinni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni, futbol rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan Parij shahridagi mashhur Shatle teatrida bo‘lib o‘tadi.

Bu voqelik nafaqat murabbiylar, balki butun futbol jamoatchiligi uchun ham katta ruhiy ozuqa bo‘ladi. Ular orasida kim bosh murabbiylar orasidagi “birinchi skripka” sifatida tan olinadi? Bu savolga javob bir necha haftadan so‘ng aniq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yilning eng yaxshi murabbiyi uchun bellashuv boshlandi — besh nomzod aniq